logo
Muhandislik kompyuter grafikasi
0 Like
0 Saqlagan
0 Yuklab olindi
12 Ko'rildi
Tur: Kitob
Til: O'zbekcha
Sahifalar: 392
Fayl hajmi: 14.1
Qo'shildi: 16.05.2026

Muhandislik kompyuter grafikasi

Like bosish, saqlash va yuklab olish uchun tizimga kiring.

Tavsif

Ma’lumki, kompyuterda chizmalarni modellashtirish konstruktorlik loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va sifatli, yuqori darajali aniqlikda loyihalash, hamda bir vaqtning ichida qogʻozga chiqarish va uning 3D modelini bajarish imkoniyatiga ega boʻlib kelmoqda. Bunday grafik dasturlardan biri AutoCAD boʻlib, yangi foydalanuvchilarga qulay hisoblanadi. Dasturda bajarilgan 2D oʻlchamli shakllarni 3D modellashtirish boʻyicha keng imkoniyatlari mavjud.

AutoCAD grafik dasturini oʻzlashtirish uchun chizmachilik asoslari va chizma geometriya toʻgʻrisidagi bilimga ega boʻlgan holda kompyuter savodxonligi tushunchalariga ega boʻlishi lozim. Bu esa har bir foydalanuvchi talabadan ziyraklik talab qiladi.

Mazkur darslikda AutoCAD grafik dasturini personal kompyuterga oʻrnatish, yuklash va uni sozlash hamda 2D va 3D modellashtirish ishchi muhitiga boʻyicha ma’lumotlar berilgan. AutoCAD grafik dasturining 2D va 3D modellashtirish panelarining har bir buyruqlarini bajarish namunasi rangli rasmlar bilan boyitilgan boʻlib, unga doir nazariy va amaliy ma’lumotlar hamda savollar keltirilgan. Darslikda muhandislik kompyuter grafikasi fani mashgʻulotlarining vazifa ishlari oxiriga yetkazilmay qolgan taqdirda talaba oʻsha mashgʻulotni qaytadan oʻqib, buyruq amallari asosida ketma-ket oʻrganib bilimini mustahkamlash imkoniyatiga ega. Maslahatimiz 2D oʻlchamdagi panellar boʻyicha mashgʻulotni toʻla oʻzlashtirib olganingizga ishonch hosil qilib, keyingi 3D modellashtirish mashgʻulotga oʻtganingiz maqsadga muofiqdir.

Ushbu darslikni barcha foydalanuvchiga tavsiya etib, talabalar tomonidan turli vazifalar, kurs ishlari va diplom loyiha ishlarini tayyorlashda ham foydalanishi hamda muhandislik kompyuter grafikasidan oʻtkaziladigan olimpiadaga tayyorgarlik koʻrishga asos boʻla oladi.